15.02.2020 yil
Tasviriy san'at bo'limi chizma tasvir fani o'qituvchisi Qurbonov Javlon "Fon bilan taqqoslash va yakunlash" mavzusida ochiq dars o'tkazdi.
25.01.2020 yil
Respiblika Ixtisoslashgan Dizayn Maktabi ma'muriyati "Toifalangan obyektlarni qo'riqlash qo'mondonligi " ga qarashli 99246-sonli xarbiy qism bilan 2014 yil 18 dekabrdagi 348-sonli qarorga asosan shartnoma imzolandi.
07.12.2019 yil
Ingliz tili fani o'qituvchilari Yunusaliyaeva Durdona va Yo'ldosheva Gulnoza 9 A sinf o'quvchilari bilan "Toshkent shaxri bo'ylab" "Tour around the CITY" mavzusida ko'chma dars o'tkazdi. Ushbu dars o'quvchilarda katta ta'ssurot qoldirdi.
06.12.2019 yil
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi munosabati bilan faollar zalida "Konstitutsiyamiz baxtimiz poydevori" nomli tadbir o'tkazildi. Ushbu tadbirda "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy Kengashi, "Yoshlar Ittifoqi" etakchilari va maktabimiz o'quvchilari ishtirok etishdi.
06.12.2019 yil
"Fizika" fani o'qituvchisi Xorunova Dildora tomonidan 10 M sinf o'quvchilari bilan "Jismlarning muvozanat shartlari va momentlar qoidasi" mavzusida na'munaviy darsini o'tkazdi.
06.12.2019 yil
"Ingliz tili " fani o'qituvchisi Yunusaliyeva Durdona tomonidan 9 B sinf o'quvchilari bilan "The schoolof Uzbekistan the UK and the USA" mavzusida na'munaviy darsini o'tkazdi.
05.12.2019 yil
Matematika fanidan Djabbarova Maxliyo 10 V va 10 G sinf o'quvchilari bilan "Toshkent teleminorasida" da "Ko'pyoqlar" mavzusida ko'chma dars o'tkazdi. Ushbu dars o'quvchilarda katta ta'ssurot qoldirdi.
28.11.2019 yil
"Rus tili" fani o'qituvchisi Raximova Intizor tomonidan 10 B o'quvchilari bilan "Словообразование существительных" mavzusida na'munaviy darsini o'tkazdi.
20.11.2019 yil
"Perspektiva" fani o'qituvchisi Malikova Dilfuza tomonidan 3 bosqich 150 guruh o'quvchilari bilan "Perspektiva, chuqurlik, hajm" mavzusida na'munaviy darsini o'tkazdi.
19-24.11.2019 yil
Toshkent moda xaftaligining Beyang yo'nalishi bo'yicha maktabimiz 3 kurs o'quvchilari liboslar to'plami bilan qatnashishdi.
12-20.11.2019 yil
RIDM uslubchisi Qayumov N. R. “Badiiy taʼlim jarayonida oʼquvchilarni chiziqlar bilan gaplashishga oʼrgatish” mavzusidagi qoʼshma ochiq darsini
12-noyabr kuni 10А sinfda Rashidova А;
13- noyabr kuni 10Gsinfda Djabbarova M; 10J sinfda Xakimova D;
14-noyabr kuni 10D sinfda; 10L sinfda Ismoilov B 10V sinfda Аsomova Z;
15-noyabr kuni 10Z sinfda Nigmatov J.
16-noyabr kuni 10K sinfda Аsomova Z;
18-noyabr kuni 10I sinfda Qodirova O;
20-noyabr kuni 10B sinfda Xakimova D.
bilan birgalikda oʼtqazdilar. Oʼtqazilgan darslarda chiziqlar haqida maʼlumotlar, ramzlar haqida maʼlumotlar berildi. Oʼquvchilar oʼzlari chizgan chizmalaridan shakllar topishni oʼrganishdi.
18.11.2019 yil
2019-yil 18-noyabr kuni RIDM uslubchisi Qayumov N. R. pedagogik xodimlar oʼrtasida “Farosat ustozlar uchun eng yaxshi fazilatdir” mavzusida maʼruza oʼtkazdi.
Unda farosat oʼzi nima?
Uning turlari; ahamiyati haqida gap bordi.
13.11.2019 yil
"Arxitektura" kafedrasi o'qituvchisi Norova Nargiza tomonidan 3 bosqich 150 guruh o'quvchilari bilan "Zamonaviy favvora" mavzusida na'munaviy darsini o'tkazdi.
06.11.2019 yil
"Libos dizayni" bolimi bosh o'qituvchisi Abduraxmonova Feruza tomonidan 3 bosqich 136 guruh o'quvchilari bilan "Samarqand erkaklar va ayollar liboslari" mavzusida na'munaviy darsini o'tkazdi.
2.11.2019 yil
Foto ishi fanidan Latipxonova Madina 3 bosqich 148 guruh o'quvchilari bilan "Tashkent city" da ko'chma dars o'tkazdi. Ushbu dars o'quvchilarda katta ta'ssurot qoldirdi.
31.10.2019 yil
10 sinf "Sanoat dizayni" yo'nalishi o'quvchilari 1 chorak ko'rik o'tkazildi.
30.10.2019 yil
11sinf "Libos dizayni" yo'nalishi o'quvchilari 1 chorak ko'rik o'tkazildi.
29.10.2019 yil
11"Z" "Reklama bo'yicha mutaxassis" sinf o'quvchilari 1 chorak ko'rik o'tkazildi.
29.10.2019 yil
Dizayn bo'limi o'qituvchisi Latipxonova Madina tomonidan "Qog'ozda panorama hajm" mavzusida mahorat darsini o'tkazdi.
25.10.2019 yil
Amaliy san'at bo'limi o'qituvchisi Nuriddinova Go'zal tomonidan "Islimiy naqshlar bilan ishlash" mavzusida na'munaviy darsini o'tkazdi.
24.10.2019 yil
Libos Dizayni bo'limi yetakchi o'qituvchisi Solixova Feruza va o'qituvchi Abduvoxidova Maxbuba tomonidan "Qo'l choklaridan bezakli kompozitsiya yaratish" mavzusida na'munaviy darsini o'tkazdi.
22.10.2019 yil
Dizayn bo'limi o'qituvchisi Muydinova Zilola tomonidan "Yoritgich yasash uslubi" mavzusida mahorat darsini o'tkazdi.
21.10.2019 yil
Tasviriy san'at bo'limi o'qituvchisi Karimov Bunyod va Danabayev Sherali tomonidan "Portret plenerda" mavzusida mahorat darsini o'tkazdi.
17.10.2019 yil
Libos dizayni bo'limi o'qituvchisi Qayumova Gulchexra tomonidan "Asos chizmasini chizish" mavzusida maxorat darsini o'tkazdi.
17.10.2019 yil.
Respublika Ixtisoslashgan Dizayn Maktabi uslubchisi Qayumov N. yosh mutaxassilar uchun "Pedagogik ta'sir usullari" mavzusida seminar o'tkazdi.
Seminarda quyidagi masalalar ko'rib chiqildi.
1.O'qituvchining odobi.
2.O'qituvchining ma'suliyati.
3. Auditoriya muqaddas dargox.
4. Pedagogik optimizm.
5. O'quvchilarga xurmat.
6. O'quvchining ruxiy xolatini tushunish.
7. O'quvchi tabiatining tashqi xususiyatlari.
8. O'quvchining taqdidri bilan qiziqish.
16.10.2019 yil
Arxitektura va Dizayni bo'limi o'qituvchisi Zaxidova Feruza tomonidan "Kompyuter grafikasi orqali interyer chizish" mavzusida mahorat darsini o'tkazdi.
15.10.2019 yil
Dizayni bo'limi etakchi o'qituvchisi Abbasova Nargiza va etakchi o'qituvchisisYo'ldosheva Nilufar tomonidan "Izolondan tungi chiroq loyixasi" mavzusida mahorat darsini o'tkazdi.
16.10.2019 yil
Tasviriy san'at bo'limi o'qituvchilari tomonidan "Ijod sexri" mavzusidagi ijodiy ko'rgazma o'tkazishdi.
14.10.2019 yil
"Aniq va Tabiiy fanlar " kafedrasi Fizika fani o'qituvchisi Qodirova Oltinoy 10 E sinf o'quvchilari bilan "Fizika " fanidan "Dinamika qonunlari" mavzusida ochiq dars o'tkazdi. Darsda o'qituvchi multimedia vositalaridan unumli foydalanib prezentatsiya namoyish etdi.
12.10.2019 yil
Libos dizayni bo'limi o'qituvchilari D.Qosimova,F.Salixova va L.Soipovalar xar yili TTYESI raxbariyati tomonidan o'tkaziladigan Toshkent moda xaftaligi namoyishida ishtirok etish uchun eskizlarini ko'rsatish maqsadida 22 nafar o'quvchilarni olib bordilar. Ulardan 6 nafar o'quvchini eskizlari tasdiqlandi.O'quvchilarga yanada o'z ustida ishlashlari ta'kidlandi.
12.10.2019 yil
Kulochilik yo'nalishi boyicha Tursunov Sirojiddin tomonidan "Moxir qo'llar" mavzusida mahorat darsini o'tkazdi.
10.10.2019 yil
Libos dizayni bo'limi o'qituvchisi Malika Raxmatova tomonidan "Ayollar qomatini chizish" mavzusida mahorat darsini o'tkazdi.
9.10.2019 yil
Arxitektura va dizayni bo'limi o'qituvchisi Bilolov Dolim tomonidan "Pardozlash materiallarining fakturalari" mavzusida mahorat darsini o'tkazdi.
8.10.2019 yil
RIDMda "MOCK UP " mavzusida To'laganova Nodira tomonidan maxorat darsi o'tkazildi.
7.10.2019 yil
RIDMda "Gullar bilan tuzilgan natyurmort" mavzusida maxorat darsi o'tkazildi.
30.09.2019 yil
"O'qituvhci va Murabbiylar kuni" munosabati bilan RIDMda faoliyat yuritayogan bir qancha o'qituvchilar taqdirlandilar.
Shu jumladan Jismoniy tarbiya o'qituvchisi Voxidova Dilfuza Sportda ko'rsatgan yutuqlari uchun Uchtepa tumani xokimiyati tomonidan Faxriy yorliq xamda Notebook bilan taqdirlandi.
22.09.2019 yil
"Tasviriy sanat " bo'limi 22 setyabrda bo'lib o'tgan Lutfiy sayilgohi "Transportsiz kun" tadbirida faol ishtirok etdi.
13-20.09.2019 yil
MAKTABDA SAYLOV 2019 LOYIXASI.
Maktabimizda sinf va maktab sardorlar kengashi a'zoligi uchun saylovlar o'tkazildi. Saylovda so'zga chiquvchilar tomonidan O'zbekiston Yoshlar Ittifoqining Dastur va Ustavini to'liq qo'llab quvvatlash ma'lum qilinib, uning dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirishda va ularni targ'ib qilishda faol ishtirok etish istagibildirildi.Shuningdek, yoshlar o'z oldiga O'zbekiston Yoshlar Ittifoqiga a'zo bo'lishni maqsad qilib qo'yishi va ularning xar tomonlama Barkamol bo'lib shakllanishida muxim o'rin egallashi ko'rsatib o'tildi.
4.09.2019 yil
Respublika Ixtisoslashgan Dizayn maktabida O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligiga bag'ishkangan "JONAJON O'ZBEKISTONIM MANGU BO'L OBOD" mavzusida, xamda Bilimlar kuniga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.Tadbirda bayramona bezatilgan maktab xovlisida saf tortdilar .
1-8.08.2019 yil
20.05.2019 yil
"Gumanitar fanlar" kafedrasi ingliz tili fani o'qituvchilari Yo'ldosheva Gulnoza va Yunusaliyeva Durdona "My favorite book", "My favorite hero" mavzusida insholar tanlovini o'tkazishdi.
16.05.2019 yil
"Gumanitar fanlar" kafedrasi ingliz tili fani o'qituvchisi Xaydarova Xolida 10 D sinf o'quvchilari bilan "Ingliz tili" fanidan "World Literature" mavzusida ochiq dars o'tkazdi. Darsda o'qituvchi multimedia vositalaridan unumli foydalanib prezentatsiya namoyish etdi. Dars jarayonida o'qituvchi dars uchun samarali metodlardan foydalandi.
8.05.2019 yil
8 may kuni "9 may Xotira va Qadrlash kuni"ga bag'ishlangan “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat”va “E’tibor va g‘amxo‘rlik – insoniy burch” shiorlari ostida tadbir o'tkazildi. Tadbirda "Umumta'lim fanlari" bo'limi o'qituvchilari va kollej o'quvchilari faol ishtirok etishdi. Oʻzgacha ruhda nishonlangan bayram tadbirida Vatan tinchligi yoʻlida oʻz jonini ayamagan qahramonlarning barchasi o'quvchilar tomonidan yodga olindi.
26.04.2019 yil
24.04.2019 yil
24 aprelda Katta oqituvchi Kazakova Nodira va Pirmatova Durdona o'z maxorat darslarida tomoshabinlaga maska yasash sirlarini, bolalar uchun logik oyinlarni yaratishni orgatishdi.
23.04.2019 yil
23 aprelda "Dizayn" bo'limining katta o'qituvchilari Yuldaweva Nilufar,Latipxanova Madina va Abbasova Nargizalar maxorat dars olib bordila 3 kurs va 10 sinf qizlari bilan.
23.04.2019 yil
Soat 1600 da Karvonsaroy ko'rgazmalar zalida "Musavvira qizlar" ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi. Bunda "Dizayn" bo'limidan Kuldasheva Nigora, Fayziyeva Muslima 157 guruxdan, 154 guruxdan Darya qatnashishdi. Bunday ko'riklarda qatnashishni o'zi katta yutuq xisoblanadi.
22.04.2019 yil
22 aprel soat 1430 da "Arxitektura va dizayn kafedrasi"dan va "Arxitektura va qurikish" instituti tomonidan qiziqarli maxorat darsi "Grafik planshetta ishlash" mavzusida o'tkazildi. Dizayn bolimi oqituvchi va oquvchilari qatnashib ko'plab malumotlarga ega bo'lishdi.
22.04.2019 yil
22 aprel kuni "Dizayn" bo'limi o'quvchilari maxorat darsi ko'rsatdilar. Bular ichida mozaika, vitraj, geldan shamchiroq yasash, qog'oz plastikasi ko'rsatildi. Oqituvchilar Feruza Fayziyeva, Nazikat Abdullaeva va Raxmanov Jaxongir 156 gurux o'quvchilari Zarina, Dasha va Inna bilan birgalikda bodyart bo'yicha maxorat darsini o'tkazishdi. Bu maxorat darsi ishtirokchilarda katta tassurot qoldirdi.
22.04.2019 yil-26.04.2019 yil
22 apreldan 26 aprel kunlari Toshkentda tasviriy va amaliy san’at festivali boshlandi.
San’at haftaligi tadbirlarida O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan ijodkorlar, musavvirlar, xalq amaliy san’ati ustalari, dizaynerlar, haykaltaroshlarning o‘zaro ijodiy muloqoti uchun qulay sharoit yaratiladi. Ayni paytda festival tadbirlari, turli ko‘rgazmalar, taqdimot marosimlari, ijodiy tanlovlar davomida yangidan-yangi iste’dod sohiblarini aniqlash, ularning ijod namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Festival doirasida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zali, Toshkent Fotosuratlar uyi, Xalqaro madaniyat karvon saroyi, Kamoliddin Behzod memorial bog‘-muzeyi, O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida ustoz-shogird an’analarining bardavomligi, bahor, bugungi tinch va osoyishta kunlar, xalq kayfiyati, ruhiyati, ezgu orzu-intilishlarini aks ettiruvchi asarlardan iborat qiziqarli badiiy ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tadi.
Festival kunlari “Eng yaxshi o‘quv muassasasi”, “Eng yaxshi murabbiy”, “Eng yaxshi tasviriy san’at asari”, “Eng yaxshi amaliy san’at asari”, “Eng yaxshi ko‘rgazma”, “Eng yaxshi mahorat darsi” tanlovlari ham o‘tkaziladi.
18.04.2019 yil
"Aniq va Tabiiy fanlar " kafedrasi Kimyo fani o'qituvchisi Ernazarova Maxmuda 10 D sinf o'quvchilari bilan "Kimyo " fanidan "Aminokislotalar, oqsillar,va yuqori molekulyar birikmalar " mavzusida ochiq dars o'tkazdi. Darsda o'qituvchi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalandi. Mavzuni mustaxkamlash maqsadida o'qituvchi laboratoriya tajribasini o'tkazdi.
17.04.2019 yil
"Jismoniy tarbiya va YoChT fanlari" kafedrasi Jismoniy tarbiya fani o'qituvchisi Voxidova Dilfuza 10 D sinf o'quvchilari bilan "Jismoniy tarbiya" fanidan "Uzoq masofa 800-1000 metr estafetali yugurish texnikasi" mavzusida ochiq dars o'tkazdi. Darsda o'qituvchi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalandi.Dars jarayonida Estafeta g'oliblari munosib taqdirlandi.
15.04.2019 yil
"Aniq va Tabiiy fanlar " kafedrasi Fizika fani o'qituvchisi Qodirova Oltinoy 143-144 guruh o'quvchilari bilan "Fizika " fanidan "Mars, Merkuriy, yer planetalari va oy tutilishi" mavzusida ochiq dars o'tkazdi. Darsda o'qituvchi multimedia vositalaridan unumli foydalanib prezentatsiya namoyish etdi. Mavzu Planetariyga uyushtirilgan tashrif natijalri bilan mustaxkamlandi.
11.04.2019 yil
"Gumanitar fanlar " kafedrasi Rus tili fani o'qituvchisi Jumayeva G 135-136 guruh o'quvchilari bilan "Rus tili" fanidan "Жизнь и творчество Есенина" mavzusida ochiq dars o'tkazdi. Darsda o'qituvchi shoir qalamiga mansub asarlar o'quvchilar tomonidan yod olindi.Esenin uy muzeyiga uyushtirilgan tashrif taasurotlari muxokama qilindi.
9.04.2019 yil
" RIDM MMBDO' Nigmatov J.M boshchiligida "Ijtimoiy fanlar " kafedrasi, va "Jismoniy tarbiya va YoChT" kafedrasi o'qituvchilari maktab o'quvchilari bilan birgalikda, Buyuk Sarkarda Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag'ishlangan tadbir o'tkazishdi. Tadbirda o'quvchilar tarixiy vaziyatni aks ettiruvchi saxna ko'rinishi,kuy-qo'shiqlar, she'rlar va videofilm namoyish etishdi. Tadbirda namoyish etilgan Amir Temur xayotini aks ettiruvchi videofilm maktabimiz o'quvchilari va o'qituvchilari tomonidan Toshkent viloyati Angren shaxrida joylashgan tarixiy obidalarda suratga olindi.
5.04.2019 yil
"Aniq va Tabiiy fanlar " kafedrasi Fizika fani o'qituvchisi Qodirova Oltinoy 148-150 guruh o'quvchilari bilan "Fizika" fanidan "Teleskoplar, optik teleskoplar. Ulug'bek rasadxonasi" mavzusida ochiq dars o'tkazdi. Darsda o'qituvchi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalandi .
13.03.2019 yil
"Ijtimoiy fanlar " kafedrasi Tadbirkorlik va biznes asoslari fani o'qituvchisi Aralov Jaxongir 3 bosqich o'quvchilari va "Vavilon" biznes o'quv markazi raxbari Otaxonov Javlonbek xamkorligida seminar trening o'tkazishdi. Uchrashuv jarayonida o'quvchilar barcha qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Biznes reja tuzish bo'yicha amaliy maslaxatlar berildi.
13.03.2019 yil
"Ijtimoiy fanlar" kafedrasi Tarix fani o'qituvchisi Nosirova Nilufar 156-157 guruh o'quvchilari bilan "Tarix" fanidan "Xindiston va Pokiston II Jaxon urushidan so'ng vaziyat" mavzusida ochiq dars o'tkazdi. Darsda o'qituvchi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalangan xolda an'anaviy tarzda o'tkazildi. Dars jarayonida o'quvchilar o'sha davrga virtual sayoxat qildilar.
7.03.2019 yil
"Gumanitar fanlar " kafedrasi Ona tili va Adabiyot fani o'qituvchisi Jalolova Jamila va "Aniq va Tabiiy fanlar" kafedrasi kimyo fani o'qituvchisi Ernazarova Maxmuda, maktabimiz o'quvchilari bilan 8-mart Xalqaro xotin qizlar kuniga bag'ishlangan tadbir o'tkazdilar. Tadbirda ayollarni madx etuvchi kuy va qo'shiqlar yangradi. Tadbir yuqori kayfiyatda o'tdi
6.03.2019 yil
"Gumanitar fanlar " kafedrasi Ingliz tili fani o'qituvchilari Yunusaliyeva Durdona 146-147 guruh o'quvchilari bilan Yo'ldosheva Gulnoza 131-133 guruh o'quvchilari bilan "Ingliz tili " fanidan "Gestures and body language" mavzusida ochiq dars o'tkazishdi. Darsda o'qituvchi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalandi .
5.03.2019 yil
"Aniq va Tabiiy fanlar" kafedrasi Kimyo fani o'qituvchisi Ernazarova Maxmuda 10 Z sinf o'quvchilari bilan "Ma'naviyat soati" fanidan 8 mart Xalqaro Xotin qizlar kuni munosabati bilan "Ayol bilan olam munavvar" mavzusida ochiq dars o'tkazishdidi. Darsda o'qituvchi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalandi .
27.02.2019 yil
"Aniq va Tabiiy fanlar " kafedrasi Matematika fani o'qituvchisi Djabbarova Maxliyo 8 A sinf o'quvchilari bilan "Matematika" fanidan "Kvadrat tenglamalar" mavzusida ochiq dars o'tkazdi. Darsda o'qituvchi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalandi .
25.02.2019 yil
"Aniq va Tabiiy fanlar " kafedrasi Matematika fani o'qituvchisi Dexqonboyeva Maqsuda 134-136 guruh o'quvchilari bilan "Matematika" fanidan "Aylana jismlari va ularning sirt yuzlari" mavzusida ochiq dars o'tkazdi. Mavzu xayotiy misollar bilan fanlar bilan bog'langan xolda tushuntirildi. Dars qiziqarli o'tkazildi.
21.02.2019 yil
"Aniq va Tabiiy fanlar " kafedrasi Matematika fani o'qituvchisi Dexqonboyeva Maqsuda 113-115 guruh o'quvchilari bilan "Matematika" fanidan "Matematika olimlarining fanga qo'shgan xissasi" mavzusida ochiq dars o'tkazdi. Mavzu bo'yicha berilagan ma'lumotlar o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otdi. Dars qiziqarli o'tkazildi.
21.02.2019 yil
"Gumanitar fanlar" kafedrasi Ona-tili va adabiyot fani o'qituvchisi To'xtabekova Dilafruz 134-136 guruh o'quvchilari bilan "Adabiyot" fanidan "O'tgan kunlar asari" mavzusida ochiq dars o'tkazdi. O'quvchilar dars davomida asardan parchalar asosida saxna ko'rinishlari tayyorlashgan. Dars juda qiziqarli o'tdi.
11.02.2019 yil
"Gumanitar fanlar" kafedrasi o'qituvchilari Jalolova Jamila, To'xtabekova Dilafruz va Djumayeva Gulabza kollej faollari zalida kollej o'quvchilari bilan ulug' o'zbek shoiri va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi va Zaxiriddin Muxammad Bobur tavalludining 536 yilligini nishonlashga bag'ishlangan tadbir o'tkazishdi. Tadbirda o'quvchilar shoir qalamiga mansub g'azal,ruboiy,qo'shiq va asarlaridan saxna ko'rinishlarini namoyish etishdi.
"Tasviriy san'at" bo'limi tomonidan e'lon qilingan rasmlar ko'rik tanlovi g'oliblari xam munosib taqdirlandilar.
9.02.2019 yil
"Aniq va Tabiiy fanlar " kafedrasi Fizika fani o'qituvchisi Xorunova Dildora 8 A sinf o'quvchilari bilan "Fizika" fanidan "Elektr asboblarining xavfsizligi" mavzusida ochiq dars o'tkazdi. Mavzu bo'yicha tadqiqot izlanishlarini muxokama qilishdi,laboratoriya ishlarini o'tkazishdi va xulosalar chiqarishdi.Dars hayotiy misollar bilan tushuntirilib, qiziqarli o'tkazildi.
18.01.2019 yil
"ChQBT" kafedrasi Psixologiya fani o'qituvchisi Mansurova Guljaxon 104-106 guruh o'quvchilari bilan "Oila psixologiyasi" fanidan "Oilaviy nizolar va ajralish sabablari" mavzusida ochiq dars o'tkazdi. O'quvchilar dars davomida mavzuga doir baxs-munozara o'tkazishdi. Mavzu bo'yicha tadqiqot izlanishlarini muxokama qilishdi va xulosa chiqarishdi.Dars hayotiy misollar bilan tushuntirilib, qiziqarli o'tkazildi.
18.01.2019 yil
"Ijtimoiy fanlar " kafedrasi "Tadbirkorlik va iqtisodiyot asoslari" fani o'qituvchisi Aralov Jaxongir 107-109 guruh o'quvchilari bilan "Tadbirkorlik asoslari va ishga joylashtirish" faniidan "Mexnat bozori va ishsizlik" mavzusida ochiq dar o'tkazdi. Dars jarayonida o'qituvchi multimedia vositalaridan foydalangan xolda dars jarayonida videorolik namoyish etdi.Dars hayotiy misollar bilan tushuntirilib, qiziqarli o'tkazildi.
16.01.2019 yil
"Gumanitar fanlar " kafedrasi "Ingliz tili" fani o'qituvchisi Rashidova Gulbaxor 104-105 guruh o'quvchilari bilan "Ingliz tili" fanidan "Observation and reflection" mavzusida ochiq dars o'tkazdi. Dars jarayonida o'qituvchi multimedia vositalaridan foydalangan xolda dars jarayonida prezentatsiya namoyish etdi.
13.01.2019 yil
"ChQBT" kafedrasi tomonidan "14 yanvar Vatan Himoyachilari" kuniga bag'ishlangan tadbirga UCHTEPA tumani mudofaa ishlari bo'limi boshlig'i yordamchisi podpolkovnik Raximov Odil, UCHTEPA tumani IIB VEON va XPG inspektori Jo'rayev Samandar ishtirok etishdi va tadbirga tashrif buyurganlarni bayram bilan tabriklab, Vatanparvarlik burchi haqida ma'ruza qildi.
12.01.2019 yil
"ChQBT" kafedrasi Psixologiya fani o'qituvchisi Mansurova Guljaxon10 B sinf o'quvchilari bilan "Ma'naviyat soati" mashg'ulotidan "Tinchlik uchun barcha ma'sul" mavzusida ochiq mashg'ulot o'tkazdi. Mashg'ulot hayotiy misollar bilan tushuntirilib, qiziqarli o'tkazildi.
20.12.2018 yil
"Dizayn" bo'limi, "Umumiy Dizayn" kafedrasining barcha o'qituvchilari soat 13 00 -15 00 gacha kollej foyesida "Dizayn"xaftaligining maxorat darslarini namoyish etdi. Bu yerda "Dizayn" bo'limining o'qituvchilari -Latipxanova M, Yo'ldosheva N, Abbasova N, Kazakova N, Muydinova Z, Pirmatova D.lar tomonidan -layfbox,qish o'yinchoqlari, vitraj, batik, maketlar va b. maxorat darslarini ko'rsatishdi. "Reklama " bo'limining o'qituvchilari -To'laganova N, Abdullayeva N.lar billbord va o'ramlar yaratish maxorat darslarini o'quvchilar bilan birga taqdimot etdi. Ismoilov D, Raxmonov J.lar tomonidan -ekranda taqdimot ko'rsatildi .O'quvchi Mushraipov Rustam kompyuterda qorbobo obrazini Photoshop dasturida yaratib ko'rsatdi.
Bu tadbirga Uchtepa tumanini maktablarining 7 va 9 sinf o'quvchilarini taklif qilingan edi. Maxorat darslariga 107, 170 va 270 maktab o'qituvchi va o'quvchilari kelib, kollejdan va maxorat darslaridan juda katta taasurotlarga ega bo'lib, bu maktabga kirish ishtiyoqini bildirishdi.
20.12.2018 yil
"Tasviriy san'at" bo'limi "Qish tarovati" mavzusida ko'rgazma bo'lib o'tdi. Ko'rgazmada Qishning go'zal tarovati aks ettirilgan ijodiy ishlar, manzaralar , qishga bag'ishlangan kompozitsiyalar ko'rgazmasi va taqdirlash bo'lib o'tdi. O'quvchilar faxriy yorliq, sertifikat va diplomlar bilan taqdirlandi.
20.12.2018 yil
"Dizayn" bo'limi, "Umumiy Dizayn" kafedrasi etakchi o'qituvchisi Yo'ldosheva Nilufar 10 A sinf o'quvchilari bilan "Sovuq chinnini loyixalarda ishlatish usullari" mavzusida ochiq dars o'tkazdi. Darsda yangi pedagogik texnologiyalar orqali bolalarni taktil xislarini rivojlantirishga undadi.
20.12.2018 yil
"Dizayn" bo'limi, "Umumiy Dizayn" kafedrasi etakchi o'qituvchisi Latipxanova Madina 105 guruh o'quvchilari bilan "Bolalar kitobi muqovasini yaratish" mavzusida ochiq dars otkazdi. Bu O'qituvchi darsida innovatsion texnologiyalardan foydalanib taqdimot orqali dars o'tdi. Dars qiziqarli, mazmunli va o'quvchilar ko'p yangi ma'lumotlar olishdi.
19.12.2018 yil
Dizayn" bo'limi, "Umumiy Dizayn" kafedrasi etakchi o'qituvchisi To'laganova Nodira 10 Z sinf o'quvchilari bilan "Kompyuter grafikasi" fanidan "Tashrif qog'ozini to'g'ri yaratish" mavzusida ochiq dars o'tdi. Bu darsda o'qituvchi innovatsion texnologiyalardan foydalanib taqdimot orqali ta'lim berdi.
19.12.2018 yil
Dizayn" bo'limi, "Umumiy Dizayn" kafedrasi etakchi o'qituvchisi Ismoilov Dilshod 10 B sinf o'quvchilari bilan "Kompyuter grafikasi" fanidan "Fotoeffektlar" mavzusida ochiq dars o'tdi. Bu darsni o'qituvchi qiziqarli ma'lumotlardan foydalanib ta'lim berdi.
19.12.2018 yil
"Tasviriy san'at " bo'limi o'qituvchisi Rasulova Elnura Farxotovna 156 gurux o'quvchilari bilan "Akvarel tarovati" mavzusida ochiq dars o'tkazildi.
19.12.2018 yil
Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchilari Raimov Doston 10 v sinfda "Ma'naviyat asoslari" fanidan ochiq dars o'tkazdi.
18.12.2018 yil
"Dizayn" bo'limi boshlig'i , "Umumiy Dizayn" kafedrasi bosh o'qituvchisi Temurova Ma'suda ertalabki saflanishda kollejda "Dizayn" xaftaligi ochilishi haqida batafsil ma'lumot berib o'quvchilarni va o'qituvchilarni turli tadbirlarga taklif etdi.
17.12.2018 yil
"Dizayn" bo'limi boshlig'i , "Umumiy Dizayn" kafedrasi bosh o'qituvchisi Temurova Ma'suda ertalabki saflanishda kollej o'quvchilariga UNESKO tashkiloti haqida umumiy ma'lumot berdi.
7.12.2018 yil
Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchilari Raimov Doston va Nosirova Nilufar tomonidan 8 dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi 26 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya-baxtimiz qomusi" tadbiri o'tkazildi. Tadbirda 10 G sinf o'quvchilari Konstitutsiya moddalari haqida ma'lumot berishdi. Saxna ko'rinishi namoyish etishdi.
5-6.12.2018 yil
Respublika Dizayn kollejida 2 bosqich o'quvchilari bilan Voyaga yetmagan yoshlar o'rtasida suissid xolatlarini oldini olish bo'yicha "Mening kelajakdagi orzularim" mavzusida psixologik trening o'tkazildi.
1.12.2018 yil
1 dekabr -Butunjaxon OITSdan himoya qilish kuni munosabati bilan "Ijtimoiy fanlar kafedrasi" tomonidan tadbir o'tkazildi. Tadbir "Ma'naviyat asoslari" va "Milliy g'oya " fan oyligi doirasida Psixolog Baxodirova Saodat bilan xamkorlikda o'tkazildi.
17.11.2018 yil
"Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchilari Ismoilov Berdiyor va Nosirova Nilufar tomonidan 18 noyabr Davlat bayrog'imiz qabul qilinganligi munosabati bilan ertalabki saflanishda ma'ruza o'qishdi.
Saflanish an'anaviy madxiya bilan ochildi.davlatimiz bayrog'i tantanali yuqoriga ko'tarildi. 2 bosqich o'quvchilari tomonidan bayroq xaqida ma'lumot va she'rlar o'qishdi.
Tadbirga bag'ishlab o'tkazilgan Devoriy gazetalar tanlovida g'olib bo'lgan guruxlar munosib taqdirlandilar.
12.11.2018 yil
"Dizayn" bo'liminig "Umumiy dizayn" kafedrasi bosh o'qituvchisi M.F.Temurova 2 bosqich Reklama yo'nalishidagi 156 va 157 guruhlarda "Piktogramma san'ati" mavzusida ochiq dars o'tdi. Bu darsda o'quvchilar berilgan kartochkalar bo'yicha uy vazifalarini bajarishdi, innovatsion texnologiyalardan foydalanib taqdimot orqali yangi mavzu tushuntirildi.darsda og'zaki so'rov, blits savol, tasviriy metodlardan foydalanildi.
4-14.11.2018 yil
RIDM va RDK 4-14 noyabr kunlari umumta'lim fanlar olimpiadasining 1 kollej bosqichi o'tkazildi. Olimpiada "Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va Umumta'lim maktablari o'quvchilarning Umumta'lim fanlari bo'yicha Respublika olimpiadasini o'tkazish va xalqaro fan olimpiadalarni ishtirokchilarini tanlash to'g'risidagi nizom"ga muvofiq o'takazildi. Olimpiadada jami 22 nafar o'quvchi g'olib deb topildi. G'olib o'quvchilar ertalabki saflanishda tantanali faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. O'quvchilar olimpiadning tuman bosqichiga qatnishish uchun o'qituvchilar ko'magida tayyorgarlik ko'rmoqdalar.
31.10.2018 yil
Kollej faollar zalida 3 kurs o'quvchilari ishtirokida "MURAD BUILDINGS" kompaniyasi asoschisi va raxbari Murod Toxirovich Nazarov bilan maxorat darsi o'tkazildi.
30.10.2018 yil
Kollej faollar zalida 3 kurs o'quvchilari bilan birgalikda "Miraziz Dizayn Group Study" studiyasi asoschisi va raxbari Miraziz Axmedov bilan maxorat darsi o'tkazildi. Maxorat darsi davomida Miraziz Axmedov yig'ilganlarga interyer dizayni sirlari haqida gapirib berdi.
29.10.2018 yil
29.10.2018 yil Respublika Dizayn kollejida “Toshkent shaxrida o'quvchi yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va xuquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 85- sonli qarorning ijrosini ta'minlash bo'yicha kollej o'quvchilarining o'rtasida “ Tig' va uning zaraali oqibatlari ” deb nomlangan vidoefilm namoyish etildi.
Tadbirda 8- sonli IIB BE va YoO'HPG katta inspektori mayyor N.Nishonova
1- sonli IIB BE va YoO'HPG inspektori leytenant S.O.Abdurasulov
Prokuror katta yordamchisi 2 darajali yurist B.B. Sharipov, Kollej o'qituvchi va o'quvchilari ishtirok etishdi.
24.10.2018 yil
Kollej faollar zalida 3 kurs o'quvchilari bilan birgalikda "Anor" atelyesi asoschisi va raxbari Dilnoza Umurzakova bilan maxorat darsi o'tkazildi. Uchrashuv davomida dizayner O'z tadbirkorligini qanday boshlaganligini, bu yutuqlarga erishguncha bosib o'tilgan yo'lni o'quvchilarga gapirib berdi. tadbir davomida o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga mazmunli javob oldilar. Bitiruvchi o'quvchilar tomonidan tayyorlangan liboslar namoyishi esa tadbirning yanad mazmunli o'tishida xizmat qildi.
26.09.2018 yil
" Adashganlar" nomli hujjatli film namoyishi yuzasidan Respublika Dizayn maktabida tadbir o'tkazildi.
Tadbirda Uchtepa tuman IIB VYeO'N va XPG inspektori kapitan S.M. Jo'rayev, Uchtepa tuman IIB VYeO'N va XPG inspektori leytenant S.O.Abdurasulov va maktab o'qituvchi va o'quvchilari ishtirok etishdi.
13.09.2018 yil
" Profilaktika kuni" munosabati bilan xamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 15 avgustdagi 666-sonli qarori ijrosi yuzasidan respublika Dizayn kollejida majlis o'tkazildi.
Tadbirda Uchtepa tuman IIB VYeO'N va XPG inspektori kapitan S.M. Jo'rayev, Uchtepa tuman IIB VYeO'N inspektori leytenant S.O. Abdurasulov va kollej o'qituvchi va o'quvchilari ishtirok etishdi.
4.09.2018 yil
2018-2019 o'quv yilining boshlanishi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 15 avgustdagi 666- sonli qarori ijrosi xamda vaoyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan turli tartibbuzarlik, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish yuzasidan Respublika Ixtisoslashtirilgan Dizayn maktabida majlis o'tkazildi.
Tadbirda Uchtepa tuman IIB xodimlari Podpolkovnik J.R.Ravshanov, Podpolkovnik A.A.Amirov, Podpolkovnik O'.B.Almeshov , Maxalla xotin qizlar qo'mitasi a'zosi N.Fayzullayevna, Uchtepa tuman Maxalla jamg'armasi vakili M.Turdialiyev va kollej o'quvchilarini ota-onalari ishtirok etishdi.