O'quvchilar uchun

Yangiliklar arhivi

Dastgohli rangtasvir rassomi
Rassomlik san’ati juda qadimiy san’at bo’lib, uning tarixi qadim-qadimlarga borib taqaladi. Rassomchilik san’ati eng qadimiy san’atlardan biri bo’lib, uning tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Bu san’atga talab katta bo’lganligi sababli maktabimizda Dastgohli rangtasvir bo’limi ochildi. 
Bu bo’limda yuqori tajribaga ega bo’lgan pedagoglar ta’lim berishadi. Rassom talabalarimiz o’z asarlari bilan juda ko’p ko’rgazmalarda qatnashadilar.

Dastgohli rangtasvir rassomi-tasviriy san'at orqali yaratilayotgan badiiy asarlarni dastgoh orqali tasviriy san'atdagi badiiy asarni yaratuvchi rassom

Amaliy grafika rassomi

 Kundalik, maishiy buyumlarni tashqi ko'rinishini yaratuvchi usta-rassom.

Dizayner 
Bu bo'lim yangi bo'lib, bu erda zamonaviy dizaynerlarni yetishtirib chiqaradi. Dizayn bo'limida o'z kasbining ustalari, katta tajribaga ega bo'lgan ustozlar dars beradi va dizayn san'atining sirlarini o'quvchilarga o'rgatishadi.

Dizayner -  turli sohalarda badiiy va texnik faoliyat bilan shug'ullanuvchi usta rassom.

Reklama bo'yicha mutaxassis
Ush bu bo'lim, jaxon talablariga javob bera oladigan  bo'limdir. Bo'lim o'quvchilari yangi zamonaviy  dasturlardan foydalanib turli kompozitsiya va loyixalar yaratadilar. Bo’limimiz o'quvchilari Respublika va xalqaro ko’rgazma, tanlovlarda qatnashadilar. Reklama bo’yicha mutaxassislarga talab juda katta. Pedagoglarimiz o’z kuchlarini ayamay talabalarga ta’lim bermoqdalar.

Reklama-tashviqot. 

 Reklama bo'yicha mutaxassis -Barcha turdagi maxsulotlarni va afishalarni yaratuvchi badiiy rassom.

Interyer  va mebellar dizayneri.

Zamonaviy ichki va tashqi interyer  va uy jixozlarini yaratuvchi badiiy rassom.

Landshaft dizayneri.

Peyzaj me'morchiligi botanika va o'simlik maxsulotlarini ishlab chiqarish va ko'kalamzorlashtirish bo'yicha, landshaft go'zalligini  yaratuvchi dizayner.

Arxitektura.

Zamonaviy  va milly inshootlarni yaratuvchi rassom dizayner.

  Ganch o'ymakorligi bo'yicha usta-rassom
Bu bo'lim maktab bo'limlari orasida yuqori o'ringa ega. Bu bo'limda o'quvchilarga yuqori malakali mutaxassislar va tajribali ustalar bilim beradi.

Ganch o'ymakorligi bo'yicha usta-rassom-Ganchga o'yib yaratiladigan bezak buyumlar yaratuvchi usta rassom.

 

  Zardo’zlik bo'yicha usta-rassom
  Zardo’zlikning asli vatani Gretsiyadir. U yerda zardo’zlar o’z kiyimlarini zar va jun iplardan foydalanib bezaganlar. Buhoro honligida esa honning kiyimlari oltin iplar bilan tikilgan va bezatilgan. XI-XX asrga kelib zardo’zlik yangi yo’nalishda rivojlanib alohida san’at sifatida ajralib chiqdi. Bizning maktabimizga o’quvchilarga turli hildagi gul shakllarini tikishni o’rgatadilar. O’quvchilarimiz turli san’at tanlovlarida qatnashib fahrli o’rinlarni egallaganlar.

Zardo’zlik bo'yicha usta-rassom-Zar ishlarda yaratiladigan milly panno va liboslar yaratuvchi badiiy rassom.

  

  Liboslar dizayneri
Maktabimizning bu bo’limiga kirish uchun katta tanlovdan o’tish lozim. Bu yerda kasb mahorati yuqori bo’lgan o’qituvchilar dars beradi. Talabalar yangi zamonaviy moda va kiyim sirlariga ega bo’lib, Respublikamizdagi turli ko’rik – tanlovlarida ishtirok etadilar. Ayrim ko’rik – tanlovlarning 1-2 o’rinlarini bizning talabalarimiz egallaganlar.

 Liboslar dizayneri-Zamonaviy liboslarga ko'rk beruvchi, ko'rinishini loyihalashtiruvchi rassom.

  

  Kulolchilik bo'yicha usta-rassom
Bizning bu bo’limimiz katta e’tiborni talab qiladi. Darslarni malakali ustozlar olib boradi. Bu san’atning qadimgi ildizlari ko’xna Xitoyga borib taqaladi. Keyinchalik esa O’rta Osiyoda ham tarqaldi.Kulolchilik  bizning xayotimizda katta axamiyatga ega. Talabalar xam bu soxaga katta qiziqish va mehr bilan qaraydilar.

Kulolchilik bo'yicha usta-rassom-loydan yasaladigan  buyumlarni yaratuvchi rassom.

  

    Yog’och o’ymakorligi bo'yicha usta-rassom
Qadimgi san’atlardan biri bo’lgan yog’och o’makorligi bo’limi maktabimizning faxri hisoblanadi. Maktabimiz ustozlari o'quvchilarga dars berish bilan birgalikda, yoshlarni bozor iqtisodiyotiga raqobat bardoshlik ruhida tarbiyalaydi.

 Yog’och o’ymakorligi bo'yicha usta-rassom-Yog'och buyumlarga badiiy milliy zeb beruvchi rassom.

 

    Gobelenlar bo'yicha usta-rassom
Gilam to’qish va to’qimachilik san’ati juda qadimiy soha hisoblanadi. Bu san’at turi hunarmandchilik sohasida go’zal sanaladi. Bu bo’limda yuqori tajribaga ega bo’lgan ustozlar ta’lim beradi.

Gobelenlar bo'yicha usta-rassom-Jun va ipdan to'qiladigan gilamsifat badiiy asar yaratuvchi rassom.

 

     Kashtachilik boyicha usta-rassom

 Qadimiy kashta turlarini Zamonaviy ko'rinishda yaratuvchi usta-rassom.

   

        Zargarlik buyumlari usta-rassomi 
Zargarlik san’ati eng qiziqarli va go’zaldir. Zargarlik bo’limi talabalari sabrli va fantaziyaga boy bo’lishi kerak. Bo'lim o’qituvchilari san’atkor va istedodli insonlardir.

 Zargarlik buyumlari usta-rassomi- zamonaviy, badiiy taqinchoqlar yaratuvchi usta-rassom. 

   

       Haykaltarosh.

Xar xil qattiq materiallardan uch o'lchamli badiiy asarlar yaratuvchi rassom.

 

      Naqqoshlik bo'yicha usta rassom.

Nafis ranglar orqali buyum va jixozlarga badiiy ko'rk beruvchi  usta rassom.

 

 Mis buyumlari dekorator rassomi.

Mis buyumlarga bezak beruvchi usta rassom-misgar.