O'quvchilar uchun

Yangiliklar arhivi

Umumiy ma'lumotlar

 

         O’zbeklarda shunday maqol bor: “Hunarli baxtga yor, hunarsiz doim xor”. Hunarli bo’lay desangiz Respublika Ixtisoslashgan Dizayn maktabiga marhamat. Siz Sharqning eng yirik va go’zal shaharlaridan biri O’zbekiston Respublikasining poytaxti Toshkentda bo’lib, yashash bilan bir qatorda, milliy va zamonaviy hunarmandchilik sohalardan birini egallashingiz mumkin. Bu yerda oliy malakali o’qituvchilar sizga ta'lim berishadi. Tanlovingiz uchun kasblar ko’lami keng va xilma-xil.

Ikki og'iz so'z kollej tarixi haqida. Dastlab u Toshkentda ro'y bergan 1966 - yilgi zil-zila vayronalarini tugatish va maxsus mutaxassislar tayyorlash maqsadida Toshkent o'rta maxsus texnik bilim yurti sifatida 1967-yilda tashkil topgan edi. Uning sobiq talabalari Toshkent metrosi, muzeylari, ulkan inshootlari va uy-joylarini qurishda faol ishtirok etishgan. 1989-yilda Respublika o'quv yurtlari orasida birinchi bo'lib YUNESKO ga a'zo bo'ldi. 1984-yilda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligi buyrug'iga asosan Milliy Hunarmandchilik litseyiga aylantirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish to'g'risidagi 1997-yil 23- yanvar Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Badiiy Akademiyasining faoliyatini tashkil etish to'risida"gi 1997-yil 11- mart qaroriga asosan u O'zbekiston Badiiy Akademiyasi tasarufidagi A.A. Xo'jayev nomli Respublika Dizayn Kolleji deb nomlandi.

 

Maktabimiz Toshkent shahrining bohavo, so'lim manzarali maskanlaridan biri Uchtepa mavzesida, Farhod bozori yaqinida joylashgan. Uning maydoni 4 gektarni tashkil etadi. Maktabda  900  talabaga mo'ljalangan 2 ta o'quv korpusi, o'quv ustaxonasi, klub, sport zallari, kutubxona, oshxona, ishlab chiqarish amaliyoti  tsexlari, ko'kalamzorlashtirilgan maydon va bog' mavjud.  

Maktabimiz o'quvchilari o'zlari tanlagan soha bo'yicha malakali mutaxassis bo'lib yetishadilar. Maktabimizning qobiliyatli o'quvchilari o'quv jarayonida turli xil badiiy ko'rgazmalarda , inshootlar va binolarni bezash hamda ta'mirlashda qatnashishlari ko'zda tutiladi. Maktabimiz Turkiya, Germaniya, Yaponiya va Koreya mamlakatlari bilan madaniy aloqalar o'rnatgan.

Maktabda ta'lim  olishni istovchilar qaysi mutaxassislikni xoxlasa,  7 va 9-sinf ma'lumotiga ega bo'lgan holda quyidagi sinovlarni topshiradi:

 

Ijodiy sinov:

Chizma tasvir (natyurmort chizish)

Rang tasvir

Kompozitsiya

   

Bizning maktabimizning maqsadi

 

- o'quvchlarga aniq xajmda bilim berish, ularni amaliyotda qollashni o'rgatish;

- badiiy hunari bilimini o'rgatish,

- ijodiy fantaziyani uygatish.

 Kelgusida bu madaniy aloqalar jug'rofiyasi yana ham kengayadi.

 

Direktor Murodov Sh.Sh.