O`quvchilar uchun

Все о погоде - Pogoda.uz

Axborotlar 2015

2015 yil 17 dekabr

     O‘zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasining 23 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Uchtepa tuman bo‘limi rais o‘rinbosari G.Vaxobova ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasining 23 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz Islom Abduhanievich Karimovning ma’ruzasi va uning mazmun mohiyati xaqida suhbat o‘tkazildi

2015 yil 15 dekabr

     Toshkent shahar Uchtepa tuman prokuraturasi xodimi F.Po‘latov va Toshkent Davlat Pedagogika universiteti katta o‘qituvchisi professor Qaxxorova Mlar ishtirokida “Ogoxlikka da’vat” mavzusida tadbir o‘tkazishdi tadbir davomida mavzuga oid film namoyish etildi.

2015 yil 1 dekabr

      Realizm: Mmaxorat va ijod mavzusida Tasviriy san’at kafedrasi o‘qituvchilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

2015 yil 1 dekabr

     20 asr modernizmi mavzusida Tasviriy san’at kafedrasi o‘qituvchilari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

2015 yil 30 noyabr

     O‘zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasining 23 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi bilan hamkorlikda "Konstitutsiya baxtimiz poydevori" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi Tadbirda O‘zMTDP Markaziy Kengashi rais o‘rinbosari Safoev J.S, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zMTDP fraksiya a’zosi Muxtorov N.I, Toshkent Davlat YUridik universiteti dotsenti Qodirov E.Olar ishtirok etishib o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qildilar. Tadbir yakunida “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusida devoriy gazetlar ko‘rik tanlovi g‘oliblari 1 bosqich 38-39-40, 50-51-52, 59-60-61 guruhlar diplom bilan taqdirlanishdi.

2015 yil 16 noyabr

     27 noyabr 2015 yil “Ijtimoiy gumanitar” fanlar kafedrasi ingliz tili fani o’qituvchilari Rashidova G.Sh, Yunusaliyeva D.A., Haydarova X.Sh lar tomonidan “Ingliz tili fani xaftaligi” doirasida “We are young English learners” tadbirini kollej o’quvchilari bilan o’tkazishdi. Tadbirda   kollej 1, 2, 3 kurs o’quvchilari   ingliz tilida sahna ko’rinishi, tezkor qiziqarli savollar, ingliz tilida so’zlashuvchi mamlakatlar haqida ma’lumotlar berib, she’r va qo’shiqlar kuylashdi. Ingliz tili fani xaftaligi doirasida o’tkazilgan ijodiy ishlar ko’rgazmasi  va tadbirda faol qatnashgan o’quvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

2015 yil 16 noyabr

     2015 yil 16 noyabr kuni kollejda O‘zbekiston Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasi Markaziy Kengashi va tuman MTDP tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga 23 yil to‘lishi munosabati bilan Bayrog‘imiz – ozodligimiz va mustaqilligimiz ramzi mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasi Markaziy Kengashi raisi, O‘zbekiston Repsublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spiker o‘rinbosari   O‘zbekiston Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi rahbari Sarvar Sadullaevich Otamurodov

     O‘zbekiston Repsublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati O‘zbekiston Milliy Tiklanish Demokratik Partiyasi fraksiya a’zosi Akmaljon Axatalievich Umirzakov.

     O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi katta ilmiy xodimi Baxrom Irzaevlar tashrif buyurishdi. Tadbir davomida bayrog‘imiz xaqida uning qabul qilingan kuni va davlat ramzlari xaqidagi qonun va qarorlar yuzasidan tashrif buyurishgan mehmonlar ma’lumot berib o‘tishdi. Tadbir davomida Davlat ramzlari yosh rassomlar nigohida ko‘rik tanlovi, hamda bayrog‘imiz qabul qilingan kunga bag‘ishlangan modalar defilesi bo‘lib o‘tdi. Tadbir yakunida ko‘rik tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlandi. Hamda kollejda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga partiyaga a’zo bo‘lganliklari uchun partiya bileti tantanali ravishda topshirildi.

2015 yil 4 noyabr

     2015 yil 4 noyabr kuni Respublika Dizayn kolleji faollar zalida O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi hamkorligida “Ogohlik-davr talabi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Tadbirda O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi a’zosi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Abdullayeva Oydin Utamurodovna, O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Toshkent shahr Kengashi raisi I o’rinbosari Amanov Odiljon Karimovich, partiyaning Uchtepa tuman Kengashi raisi Ermatov Mo’minjon Yormatovich, O’zbekiston “Sharq” matbaa konserni raisi o’rinbosari, shoir Abdurahmon Jo’ra ishtirok etdilar.

     Dastlab so’zga O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Toshkent shahr Kengashi raisi I o’rinbosari Amanov Odiljon Karimovich chiqib partiya faoliyati, hozirgi kunda yoshlar ongida shakllanayotgan siyoyiy tushunchalar va boshqa mavzular yuzasidan fikrlarini bildirib o’tdi. So’ngra O’zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi a’zosi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Abdullayeva Oydin Utamurodovna so’z olib o’z ijodiy faoliyati, deputatlik mas’uliyati haqida yig’ilganlarga gapirib berdilar.

     So’ngra tadbir savol javob asosida davom ettirildi. Tadbirda qatnashayotgan o’quvchilar ham tadbir mehmonlariga o’zlarini qiziqtirgan savollarni berib ularga atroflicha va to’liq javob oldilar.

2015 yil 26 oktyabr

     2015 yil 26 oktabr kuni Respublika Dizayn kolleji faollar zalida o’quvchi yoshlarning tadbirkorlikka bo’lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, ularning bu boradagi bilimlarini yanada oshirish hamda yosh tadbirkorlarga kredit berish masalasi bo’yicha “Kamolot” YoIHning Uchtepa tuman bo’limi, Respublika Dizayn kolleji hamda turli banklar hamkorligida “Yosh tadbirkor-elga madatkor” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirda “O’zsanoat qurilish bank” OKJ ning AL-Xorazmiy bo’limi bosh mutaxassisi Qobilov Azamat, “Ipoteka” bankining etakchi mutaxasisi Xodjayev Zohid, “Milliy bank” boshqaruv raisining o’rinbosari Xanazarov Azizbek hamda “Tadbirkor ayol” uyushmasi Uchtepa tuman bo’limi rahbari To’laganova Sayyora Karimovna va boshqalar qatnashdilar. Tadbir boshida bugungi uchrashuvga tashrif buyurgan bank xodimlari hamda “Tadbirkor ayol” uyushmasi Uchtepa tuman bo’limi rahbari To’laganova Sayyora Karimovna o’zlarining tadbirkorlik borasidagi fikrlari bilan o’rtoqlashdilar.

     Kollejimiz o’quvchilari ham tadbirkorlik, kredit olish va biznesni boshlash masalalari yuzasidan bergan savollariga soha mutaxassislaridan to’la javob oldilar.

2015 yil 21 oktyabr

    Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan “Til bayrami” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

2015 yil 9 oktyabr

     Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Rustamova F. rahbarligida tarix muzeyiga 1 bosqich o‘quvchilari bilan Mustaqil diyorimizning o‘tmishi, tarixi va osori atiqalari bilan tanshitirish maqsadida ekskursiya uyushtirildi.

2015 yil 9 oktyabr

     “Moy gorod obrazovaniya” tashkiloti tomonidan 2015-2016 o‘quv yili bitiruvchilarini ta’limining keyingi bosqichiga tayorlash yuzasidan tadbir bo‘lib o‘tdi.

2015 yil 9 oktyabr

     “Keksalarni e’zozlash yili” munosabati bilan Respublika Dizayn kolleji o‘quvchilari tomonidan tayorlangan “Nafosat guldastasi” nomli liboslar ko‘rigi Ikoo Xiroyama nomidagi Karvonsaroy xalqaro madaniyat markazi ko‘rgazmalar zalida namoyish etildi

2015 yil 6-7 oktyabr

    Respublika Dizayn kolleji o‘quvchilari bilan Toshkent shahar hokimining 2015 yil 5 feraldagi "Toshkent shahridagi yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida "gi 85-sonli qarori yuzasidan tuman IIB xodimlari, tuman prokuratura xodimlari va “SHirin” MFY a’zolari bilan uchrashuv va davra suxbatlari o‘tkazildi

2015 yil 5 oktyabr

    O’zbekiston Badiiy Akademiyasi Markaziy apparati boshqarmalari boshliqlari, tizimning Toshkent shaxri va Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlardagi tashkilot, muassasalari raxbarlari, kadrlar zaxirasini shakllantirish, ijro intizomi uchun mas’ul hodimlari ishrokida joriy yilning 5-9 oktyabr kunlari Respublika Dizayn kollejida seminar-trening o’z ishim boshladi.

2015 yil 30 sentyabr

     O‘qituvchi va murabbiylar va “Keksalarni e’zozlash” yili munosabati bilan 2015 yil 30 sentyabr kuni Tasviriy san’at kafedrasi maxsus fan o‘qituvchisi Kadirov Ruslan Ilina Valeriya, Makeeva Marina, Bliznetsova Tatyana va o‘quvchilar ishtrokida “San’atning uyg‘onishi” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi.

2015 yil 12 sentyabr

     Kollej rahbariyati hamda Uchtepa tumani Ichki ishlar boshqarmasi XOOB VEO‘NX profilaktika inspektori, podpolkovnik Mukarram Atabekova “Shirin” 23-MTP Uchtepa tuman profilaktika inspektori mayor- X. Egamovlarlar ishtrokida 1 bosqich o‘quvchilari ota-onalari bilan Toshkent shahar hokimining 2015 yil 5 fevraldagi Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 85-sonli qarori hamda kollej ichki tartib qoidalari yuzasidan majlis bo‘lib o‘tdi.

 2015 yil 2 - 10 sentyabr

     2015 yilining 2 sentyabridan 10 sentyabrgacha kollej o‘quvchilariga Mustaqilligimizning 24 yilligi munosabati bilan “Betakrorimsan yagonasan, ona Vatanim – O‘zbekistonim” shiori ostida “Kim edig-u, kim bo‘ldik?” mavzusida mustaqillik darslari o‘tildi.

 2015 yil 2 sentyabr

     2015 yil 2 sentyabr kuni kollejda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi raisi A.V.Nuridinov, Rais o‘rinbosari F. Tashmuhamedov, YPX inspektori mayyor F.S. Mirazizov, Shirin mahallasiga qarashli 23-MTP profilaktika inspektori X.Egamov, ma’muriyat va kollej pedagog xodimlari ishtirokida Bilimlar kuni va mustaqilligimizning 24 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

 

2015 yil 15 iyun

      3 bosqich 61 guruh o‘quvchisi Jalolova Gulnozning “Ranglar og‘ushida” ko‘rgazmasi.

      2015 yil 15 iyun kuni 3 bosqich 61 guruh o‘quvchisi Jalolova Gulnozning “Ranglar og‘ushida” shaxsiy ko‘rgazmasi Kamoliddin Behzod nomidagi me’morial bog‘ muzeyida bo‘lib o‘tdi.

2015 yil 5 iyun

     Toshkent Islom universiteti prorektori-Uyg‘un G‘ofurov. Toshkent Islom universiteti malaka oshirish fakulteti dekani - Najmiddinov Jasur. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori -Jo‘raev Nazrullo. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi bosh mutaxassisi- Nilufar Ro‘zievalar ishtirokida “Voyaga etmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va xuquqbuzarliklar, kompyuter o‘yinlari va internetning salbiy ta’sirida ro‘y berayotgan noxush xodislar va boshqa salbiy holatlarning oldini olish”  mavzusida tadbir bo‘lib unda mavzuga oid videorliklar namoyish etildi.

2015 yil 1 iyun

     1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir. 

     2015 yil 1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Uchtepa tumanida joylashgan maktab o‘quvchilari uchun ko‘rgazma tashkil etildi.

2015 yil 22 may

      22 may kuni Respublika Dizayn kolleji o’quvchilari va Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn Instituti, “Rеklama va amaliy grafika” kafеdrasining o’qutuvchilari - Mursalimov Dilyus Mingodееvich (Rеklama va amaliy grafika kafеdrasi dotsеnti) hamda Pirmatov Sеrik Sapayivich (Rеklama va amaliy grafika kafеdrasi katta o’qituvchisi) mahorat darsi o`tkazishdi. Mahorat darsida Pirmatov Sеrik Sapayivich “Logotip yaratish qonuniyatlari” mavzusida qiziqarli ma’lumotlar, ularni yaratishda amal qilinishi lozim bo`lgan qonuniyatlar, logotip turlari, ijodiy namunalardan misollar va institut talabalarining logotip yaratish mavzusida yaratgan ijod namunalaridan ko`rgazmali misollar ko`rsatib o`tildi. Bundan tashqari Mursalimov Dilyus Mingodееvich “Rang tasvirda suv bo`yoq hamda moy bo`yoq texnologiyasi” mavzusida mahorat darsini o`tkazib berdilar. Mahorat darsida suv bo`yoqda ishlashning nozik qirralarini o`z ijodiy namunalari orqali ko`rsatib berdilar.

View the embedded image gallery online at:
http://rdk.uz/index.php/uz/axborotlar-2015#sigFreeIde0d9676364

2015 yil 21-25 aprel

       O`zbekiston Badiiy Akademiyasida o’tkazilgan Tasviriy San’at festivalida Respublika Dizayn Kolleji pedagog xodimlari  va o`quvchilari faol ishtrok etishdi. Festival davomida o`quvchilar tomonidan nogironlar uchun Xayriya aksiyasi o`tkazildi. Yig`ilgan mablag` nog`ironlar uyiga topshirildi.

View the embedded image gallery online at:
http://rdk.uz/index.php/uz/axborotlar-2015#sigFreeId41fea9135c

2015 yil 18 aprel

      MMIBDO‘ xamda kollej o‘quvchilari bilan "CHig‘atoy" hamda "Minor" qabristonida O‘zBAda faoliyat yuritgan marxum san’atkorlar qabrlarida tozalash ishlari olib borildi.

2015 yil 14 aprel

      2015 yil 14 aprel kuni Respublika Dizayn kollejida 1 bosqich 25-guruh o‘quvchisi Qurbonova Dilfuzaning liboslar dizayni ko‘rgazmasi namoyish etildi.

2015 yil 8 aprel

      2015 yilning 8 aprel kuni kollejda soxibqiron bobomiz Amir Temur tavalludining 679 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda kollej o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan turli chiqishlar, videorolik va videofilmlar namoyish etildi.

2015 yil 16 mart

      2015 yil 16 mart kuni O‘zbekiston Qurolli kuchlar Davlat muzeyida kollej 3 bosqich o‘quvchisi Shodiev Nuralining "Yangi kun tarovati, bo‘yoqlar jilosida" nomli shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

2015 yil 13 mart

      2015 yil 13 mart kuni 1 bosqich o‘quvchilari ishtirokida aniq fanlar bo‘yicha Zukkolar baxsi tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent Pedagogika universiteti fizika matematika fakulteti professor o‘qituvchilari Barakaev Murod Mehmonov Rustam, Beshimov Ro‘zinazar qatnashishdi.

2015 yil 12 mart

      2015 yil 12 mart kuni shoira Zulfiya tavalludiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

2015 yil 7 mart

      2015 yil 7 mart kuni kollejning ART DIZAYN terma jamoasi tomonidan 8 mart Xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan bayram dasturi namoyish etildi.

2015 yil 5 mart

      2015 yil 5 mart kuni Tasviriy san’at kafedrasi o‘qituvchisi O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi a’zosi O‘lmasova Musavvirning "Ranglar og‘ushida" nomli shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

View the embedded image gallery online at:
http://rdk.uz/index.php/uz/axborotlar-2015#sigFreeId82812b0b09

2015 yil 20 fevral

     2015 yil 20 fevral kuni Toshkent shahar Uchtepa tuman Milliy tiklanish partiyasi vakili G. Vaxobova, Uchtepa tuman diniy qo‘mita raisi N.Qoraboevalar ishtirokida 1 bosqich qizlari bilan Toshkent shahar hokimining 2015 yil 5 fevraldagi YOshlar o‘rtasida jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 85-sonli qarori yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

2015 yil 13 fevral

      2015 yil 13 fevral kuni kollejda "Istiqbolli avlod" tashkiloti tomonidan "Odam savdosiga qarshi kurashish" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi Tadbirda "Istiqbolli avlod" tashkiloti mutaxassisi Qosimova SH. S. va loyiha assisenti Ibragimova D lar ishtirok etishdi.

2015 yil 12 fevral

     2015 yil 12 fevral kuni Yunusobod tumanida 58 maktab xududida FVV tomonidan tumanlar miqiyosida "YOsh qutqaruvchilar" ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Uchtepa tumani bo‘yicha Respublika Dizayn kolleji 1 faxrli o‘rinni egalladi.

2015 yil 11 fevral-13 fevral

     2015 yil 11 fevraldan 13 fevralgacha kollejda "Orasta qizlar" to‘garagining "12 –yillik majburiy ta’lim-biz qizlar uchun o‘ta zarur va muhim" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

2015 yil 11 fevral

      2015 yil 11 fevral kuni kollejda Alisher Navoiy tavalludiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda "Navoiy izdoshlari" va "Zanjirband sher" guruhlari o‘rtasida baxs munozara va 1 bosqich 7-8-9-guruh o‘quvchilari tomonidan Alisher Navoiy xayotidan lavhalar ijro etildi.

2015 yil 9 fevral

      2015 yil 9 fevral kuni Qurilish kommunal kollejida Toshkent shahar hokimining 2015 yil 5 fevraldagi YOshlar o‘rtasida jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi 85-sonli qarori yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

2015 yil 2-7 fevral

      2015 yil 2 fevraldan 7 fevralgacha kollejda 1 semestr yakunlari bo‘yicha 1-2-3 bosqich o‘quvchilarining ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.

2015 yil 14 yanvar

      2015 yil 14 yanvar kuni 1 bosqich 25-26-27-guruh o‘quvchilari va 2 bosqich terma komandalari ishtirokida "Vatan himoyasi – muqaddas burch" mavzusidabayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

      1 bosqich 25-26-27-guruh o‘quvchilari va 2 bosqich terma komandalari ishtirokida bayram tadbirida Vatan ximoyachilari va harbiylar xayotidan lavxalar ijro etildi.

      Bayram tadbiri yakunida so‘z navbati Uchtepa tuman profilaktika inspektori mayor X. Egamovga berildi. X. Egamov yana bir bor kollej o‘qituvchilari va o‘quvchilarini bayram bilan tabriklab, o‘quvchilarga Vatan ximoyachi yo‘lida sobitqadam va shu yurtning jahonga tanilishida asosiy vazifasi o‘qish va yaxshi kasb egasi bo‘lishlari kelajakda harbiy xizmatlarda faol bo‘lishlarini tilab qoldilar. 

View the embedded image gallery online at:
http://rdk.uz/index.php/uz/axborotlar-2015#sigFreeId79f3530033

 2015 yil 9 yanvar

      2015 yil 9 yanvar kuni 14 yanvar - "Vatan ximoyachilari kuni munosabati bilan " O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Foto uyida O‘zbekiston Mudofaa Ishlari Vazirligi tasarrufidagi Mudofaa Vazirligi muzeyi bilan hamkorlikda "Mening Armiyam –mening faxrim" mavzusida rasmlar ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.