O`quvchilar uchun

Все о погоде - Pogoda.uz

Umumiy ma'lumotlar

 

         O’zbeklarda shunday maqol bor: “Hunarli baxtga yor, hunarsiz doim xor”. Hunarli bo’lay desangiz Respublika dizayn kollejiga marhamat. Siz Sharqning eng yirik va go’zal shaharlardan biri O’zbekiston Respublikasining poytaxti Toshkentda bo’lib, yashash bilan bir qatorda, milliy va zamonaviy hunarmandchilik sohalardan birini egallashingiz mumkin. Bu yerda oily malakali o’qituvchilar sizga talim berishadi. Tanlovingiz uchun kasblar ko’lami keng va xilma-xil.

Ikki og'iz so'z kollej tarixi haqida. Dastlab u Toshkentda ro'y bergan 1966 - yilgi zil-zila vayronalarini tugatish va maxsus mutaxassislar tayyorlash maqsaadida Toshkent o'rta maxsus texnik bilim yurti sifatida 1967-yilda tashkil topgan edi. Uning sobiq talabalari Toshkent metrosi, muzeylar, ulkan inshooatlar va uy-joylarni qurishda faol ishtirok etishgan. 1989-yilda Respublika o'quv yurtlari orasida birinchi bo'lib YUNESKO ga azo bo'ldi. 1984-yilda O'zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi buyrug'iga asosan milliy hunarmandchilik litseyiga aylantirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Badiiy Akademiyasini tashkil etish to'g'risidagi 1997-yil 23- yanvar Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Badiiy Akademiyasining faoliyatini tashkil etish to'risida"gi 1997-yil 11- mart qaroriga asosan u O'zbekiston Badiiy Akademiyasi tasarufidagi A.A. Xo'jayev nomli Respublika dizayn kolleji deb nomlandi. Kollej Toshkent shahrining bohavo, so'lim manzarali maskanlaridan biri Uchtepa mavzesida, Farhod bozori yaqinida joylashgan. Uning maydoni 4 gektarni tashkil etadi. Kollejda 600 talabaga mo'ljalangan 2ta o'quv korpusi, o'quv ustaxonasi, klub, sport zallari, kutubxona, oshxona, ishlab chiqarish amaliyoti sexlari , ko'kalamzorlashtirilgan maydon va bog' mavjud.

Kollej talabalari qisqa muddatda (3 yil) o'zlari tanlagan soha bo'yisha malakali mutaxassis bo'lib yetishadilar. Kollejning qobiliyatli talabalari o'quv jarayonida turli xil badiiy ko'rgazmalarda , inshoatlar va binolarni bezash hamda ta'mirlashda qatnashishlari ko'zda tutiladi. Kollej Turkiya, Germaniya, Yaponiya va Koreya mamlakatlari bilan madaniy aloqalar o'rnatgan.

Kollejga kirishni istovchi qaysi mutaxassislikni xoxlasa, 9-sinf ma'lumotiga ega bo'lgan holda quyidagi sinovlarni topshiradi:

 

Ijodiy sinov:

Chizma tasvir (natyurmort chizish)

Rang tasvir

Kompozitsiya

   

Bizning kollejmizning maqsadi

 

- oquvchlarga aniq xajmda bilim berish, ularni amaliyotda qollashni o'rgatish;

- badiiy hunari bilimini o'rgatish,

- ijodiy fantaziyani uygatish.

 Kelgusida bu madaniy aloqalar jug'rofiyasi yana ham kengayadi.

 

Director Murodov Sh.Sh.